Mavsum oxirida jamoani erkin agent sifatida tark etishi mumkin bo'lgan "Arsenal" hujumchisi Aleksandr Lyakazettga beshta klubdan taklif tushdi. Bu haqda jurnalist Ekrem Qo‘nur Twitter’da xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, fransiyalik futbolchining ustuvor vazifasi o‘zi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan va 2017 yilda London jamoasiga o‘tgan “Lion”ga qaytish.
30 yoshli Lyakazett «Arsenal» bilan Angliya kubogi va Superkubogini qo'lga kiritdi. Jamoa uchun 201 o'yinda hujumchi 71 gol urgan va 36 golga assistentlik qilgan.
Oldinroq yarim himoyachi Mohamed Elneni ham yozgi transfer oynasida "Arsenal"ni tark etmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Misrlik futbolchining shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi.