Harri Maguayrning o'rniga.
«Chelsi» himoyachisi keyingi transfer oynasida «Manchester Yunayted»ga o'tishi mumkin. Bu haqda Britaniya OAVlari yozmoqda.
Qayd etilishicha, mankunianliklar germaniyalik himoyachida Garri Maguayrga o'rinbosar ko'rmoqda. Ryudiger boshqa transferdan manfaatdor emasligiga qaramay, manchesterliklar futbolchini Premer-ligada qolishga ishontirishga harakat qiladi.
Antonio Ryudigerning "Chelsi" bilan shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi. "Ko'klar" Roman Abramovichga qarshi sanksiyalar bilan bog'liq cheklovlar tufayli nemis futbolchisiga yangi shartnoma taklif qila olmaydi.
Oldinroq Ryudigerga "Inter", "Real" va "Bavariya"dan qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.