Italiya terma jamoasi jahon chempionatiga chiqa olmadi.
"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bo'lajak jahon chempionatidagi muxlislari haqida gapirdi. JCh-2022 noyabr-dekabr oylarida Qatarda bo'lib o'tadi.
“Kanada termasini qo'llab-quvvatlayman. Ular jahon chempionatida anchadan buyon ishtirok etib kelishdi va endi saralashdan yaxshi o‘tishdi. Kanada mening ikkinchi uyim, men u yerda terma jamoa libosida Jahon chempionatidagi o‘yinni kuzatish uchun bo‘laman”, dedi Anchelotti Radio Uno.
Kanada terma jamoasi Xorvatiya, Belgiya va Marokash bilan bir guruhdan joy oldi. Kanadaliklar 1986 yildan beri ilk bor jahon chempionatiga chiqishdi.