"Bavariya" yaqin kunlarda "Ayaks" himoyachisi Nusayr Mazraui jamoasiga o'tish bo'yicha kelishuvni yakunlaydi. Marokashlik futbolchi erkin agent sifatida yangi klubga o'tadi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano Twitter’da xabar berdi.
Manba bergan xabarga ko'ra, so'nggi uchrashuvda Mazrauining agenti Mino Rayola bilan og'zaki kelishuvga erishilgan, biroq shartnoma hali imzolanmagan.
24 yoshli Mazraui joriy mavsumda barcha turnirlarda 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Mazraui Gollandiya klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U to‘qqiz yoshida “Ayaks” akademiyasiga qo‘shilgan. Futbolchining bozor narxi 20 million yevroga baholanmoqda.