«PSJ» gollandiyalik futbolchi Xavi Simons bilan yangi shartnoma imzolamoqchi. “Barselona” tarbiyalanuvchisining Fransiya jamoasi bilan amaldagi shartnomasi mavsum so‘ngida yakuniga etadi. Bu haqda jurnalist Ekrem Qo‘nur Twitter’da xabar berdi.
Oldinroq "Barselona" Simonsni qaytarish niyatida ekani va parijliklar bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadigan 18 yoshli futbolchi uchun shartnoma tayyorlayotgani haqida xabar berilgandi. Xabar qilinishicha, Simonsga "Barselona" qiziqishlaridan tashqari boshqa jamoalardan ham bir qancha takliflar bor.
Simons 2010 yildan 2019 yilgacha "Barselona" tarkibida bo'lib, erkin agent sifatida "PSJ"ga o'tgan edi. Parijliklarning asosiy tarkibida gollandiyalik futbolchi to'qqizta o'yinda qatnashib, golli uzatmani amalga oshirdi.