"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva Ispaniyaning "Barselona" klubi qiziqishlari doirasida. Bu haqda Fichajes xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 27 yoshli portugaliyalik futbolchi PSJ va "Yuventus" qiziqishlari doirasida ham turibdi.
27 yoshli Silva joriy mavsumda APLning 30 o‘yinida 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, u Chempionlar ligasining 9 uchrashuvida ikkita gol va ikkita golli uzatmani amalga oshirgan.
Silva va "Manchester Siti" o'rtasidagi kelishuv 2025 yilda yakuniga etadi. Transfermarkt futbolchini 75 million yevroga baholamoqda.