"Qizil iblislar" transfer bozorida biroz shov-shuv ko'tarishadi.
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Ralf Rangnik "Old Trafford" jamoasi tarkibni sezilarli darajada o'zgartirishini aytdi.
“3-4 nafar futbolchi bilan shartnoma imzolashimiz yetarli bo'lmaydi. Yo'q, yangi kelganlar ko'proq bo'ladi. Ayrim futbolchilar shartnomalar bilan bog'liq vaziyatni ham unutmagan holda jamoani tark etishini hisobga olish kerak.
Agar darvozabon pozitsiyasi chiqarib tashlansa, «Manchester Yunayted»ga barcha qatorlarda yangi o'yinchilar kerak bo'ladi», - deya Rangnikning so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.