Maurisio Parijni tark etishi mumkin.
PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Parijdan klub bilan hamkorlikni davom ettirish haqidagi savolga javob berdi. Pochettinoning PSJ bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
«PSJning asosiy maqsadlaridan biri Chempionlar ligasida g'alaba qozonish. Tezda amalga oshirish qiyin, bunday turnirda har kuni g'alaba qozonilmaydi.
Mavsum tugamadi. Biz hali Liga 1 chempioni bo'lganimiz yo'q. Vazifa bajarilgach, kelajak haqida xotirjam gapirishimiz mumkin. Bizda ko'p vaqt bo'ladi", dedi Pochettino beIN Sports nashriga.