Norvegiyalik futbolchi Premer-ligaga yo'l oladi.
Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Erling Xoland faoliyatini “Manchester Siti”da davom ettirishga qaror qildi. Bu haqda Britaniya matbuoti xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Xoland “shahrliklar” bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib olgan. Endi shahar boshliqlari Xoland uchun tovon puli miqdorini "Borussiya" rahbariyati bilan kelishib olishlari kerak.
Joriy mavsumda Xoland Bundesligada 20 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning hisobida 18 ta gol va 7 ta golli uzatma bor.