Stefano - "neradzurri" bilan kubok bahsi haqida.
"Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli "Inter" bilan kubok uchrashuvidagi omadsizlik haqida fikr bildirdi. "Milan" o'z darvozasidan javobsiz uchta gol o'tkazib yubordi va Italiya kubogi finaliga chiqa olmadi.
«Biz g'alaba qozonishni xohlagandik, ammo bunga erisha olmadik, bizga kuchli raqib qarshilik ko'rsatishi aniq edi. Menimcha, 3:0 adolatli emas, lekin “Inter” o‘z gollarini kerakli vaqtda urdi.
Uchrashuvning ochilishida ular gol urishdi, ammo bizda ortga qaytish uchun imkoniyatlar bo'ldi. O'tkazib yuborilgan golga keladigan bo'lsak, tabiiyki, hisob 1:2 bo'lganida, boshqa o'yin davom etardi, urilgan gol bizga turtki bergan bo'lardi, shuning uchun ham qiyin payt bo'ldi.
Agar siz uchta gol o'tkazib yuborsangiz, demak, raqib yaxshiroq o'ynadi va biz xato qildik. Bizda yetarlicha kuch, bosim yoki lahzalar bo'lmadi, deb aytmayman, shunchaki bizning oqshomimiz bo'lmadi. Biz finalga chiqmoqchi edik, ammo bu jamoa uchun porlashi va A Seriya chempionligi uchun bor kuchini berish uchun ajoyib imkoniyat, chunki bizda oxirigacha borish uchun kerak bo'lgan hamma narsa bor”, dedi murabbiy.