Premer-liganing eng qimmat darvozaboni zahiradagi futbolchi rolida bo'lishdan charchagan.
Football.london xabariga ko'ra, Kepa Arrizabalaga taqdiri yaqin bir necha hafta ichida hal bo'ladi. Ispaniyalik darvozabon "Chelsi" rahbariyatiga ishonch bildirishni istashini aytdi.
Asosiy qarorni Tomas Tuxel qabul qilishi kerak, deb hisoblanmoqda. Joriy mavsumda darvozabon Mendining o'rnini bosadigan futbolchi sifatida yaxshi harakat qildi. SHu bilan birga klubda bu rolda maoshi pastroq darvozabon bo'lishi maqsadga muvofiq.
Hozirda Kepa 10 million yevroga baholanmoqda. «Chelsi» darvozabonni 2018 yilda «Atletik»dan 80 million funtga sotib olgandi.