“Qizil iblislar” himoyachi futbolchi qidirmoqda.
“Vilyarreal” markaziy himoyachisi Pau Torres “Manchester Yunayted”ning radariga qaytdi. Bu haqda Yevropa ommaviy axborot vositalari yozmoqda.
"Manchester Yunayted" Torresni 2021 yilning yozida qo'lga kiritishga urinib ko'rdi, ammo keyin tomonlar transfer borasida kelisha olishmadi. Endi “qizil iblislar” Torresni “Old Trafford”ga jalb qilish uchun yana bir urinish qilishga tayyor.
Manbaga ko'ra, potentsial kelishuv "Manchester Yunayted"ga 60 million yevroga tushadi.