"Monako" o'z maydonida "Nitstsa" bilan bahsda g'alaba qozondi. Monegasklar Fransiya 1-ligasining navbatdagi turida raqibni mag‘lub etishdi.Yakuniy muvaffaqiyat uchun ularga bitta gol yetarli bo‘ldi.
Rossiyalik yarim himoyachi Aleksandr Golovin Monakoda qahramonga aylandi. U birinchi bo'lim oxirida gol urdi.
Bu g‘alaba “Monako”ni Liga 1 turnir jadvalida “Nitstsa”ni ortda qoldirib, to‘rtinchi o‘ringa olib chiqdi. “Qizil-oqlar” “Nitstsa”dan ikki ochko oldinda.
"MONAKO" - "NITSTSA" 1:0 (1:0)
Gol : Golovin, 45+2 (1:0).