«Manchester Siti» Angliya premer-ligasining 30-turida «Brayton» darvozasiga uch marta zarba berib, g'alaba qozondi. Xosep Gvardiola shogirdlari APL turnir jadvalida “Liverpul”ni ortda qoldirib, birinchi o‘ringa qaytdi.
“Shaharliklar” safida gollarga Riyod Mahrez, Fil Foden va Bernardu Silva mualliflik qilishdi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq «shaharliklar» o'z uyida yuqorida tilga olingan «Liverpul»ga yutqazib, Angliya kubogidan chiqib ketgandi. Gvardiola jamoasi turnir finaliga bir qadam qolganda to‘xtadi.
"MAN SITI" - "BRAYTON" 3:0
Gollar: Riyod Mahrez 53 Fil Foden 68 Bernardu Silva 82