Leo rejalar tuzdi.
"PSJ" hujumchisi Lionel Messi kelasi mavsumni parijliklar jamoasi tarkibida o'tkazadi. Bu haqda ispan OAVlari xabar bermoqda.
Matbuotda uzoq vaqtdan beri Leo kelasi yozda «PSJ»ni tark etishi haqida mish-mishlar tarqalmoqda. Biroq, manbaga ko'ra, Messi 2022/2023 yilgi mavsumni "PSJ" safida o'tkazishga qat'iy qaror qilgan.
Qo'shimcha qilamizki, bugun «PSJ» «Anje» bilan o'yinda g'alaba qozonsa, muddatidan avval Fransiya chempioniga aylanishi mumkin. Messiga kelsak, u jarohati sabab ushbu duelni o'tkazib yuboradi.