Fransiyalik futbolchi "Old Trafford"ni tark etadi.
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba yozda jamoasini almashtirishga qaror qildi. Bu haqda Yevropa matbuoti xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, Pogba "PSJ" bilan mehnat shartnomasini kelishib olgan. Kelishuv tafsilotlari oshkor etilmagan.
Pogba erkin agent sifatida PSJga o'tishi kerak. Pol "Manchester Yunayted" bilan hamkorlikni yangilashni istamadi.