Blankoliklar himoya qanotini kuchaytirmoqchi.
"Chelsi" vingeri Ris Jeyms "Real"ning nishoniga tushdi. Bu haqda Britaniya matbuoti xabar bermoqda.
"Real Madrid" skautlari joriy mavsumda Ris Jeymsni 9 marta jonli efirda tomosha qilishgan. “Ko‘k-anorranglilar” himoyachisining transferi yozda amalga oshishi mumkin.
Jeyms joriy mavsumda “Chelsi” safida Premer-ligada 20 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning hisobida 5 ta gol va 6 ta golli uzatma bor.