Avstriya grandi hujumchi bilan kuchaydi.
Avstriyaning “Red Bull Zalsburg” klubi Donetskning “Shaxtyor” klubi hujumchisi Fernando Pedro bilan shartnoma imzoladi. Avstriya klubi matbuot xizmati yangi kelgan futbolchini o'zining tvitterida taqdim etgan.
Fernando Pedro 2018 yilda «Shaxtyor»ga o'tgan edi. 2019 yilda u "Sporting CP"ga ijaraga o'tdi va 2020 yilning qishida Donetsk klubiga qaytdi. Uning «Shaxtyor» bilan shartnomasi 2024 yilgacha mo'ljallangan.
Pedroning transfer narxi 3 million yevroga baholanmoqda.