Butterskotch hujum chizig'ini kuchaytirmoqchi.
"Chelsi" hujumchisi Mishi Batshuayi "Everton"ga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Britaniya OAVlari xabar bermoqda.
Batshuayi hozirda “Beshiktosh” safida ijarada o'ynamoqda. U “burgutlar” safida 37 o‘yinda 14 ta gol urgan.
Qo'shimcha qilamizki, "Everton" Batshuayiga da'vogarlik qilayotgan Premer-ligadagi yagona klub emas. Belgiyalik futbolchini "Lids Yunayted" ham o'z safiga qo'shib olmoqchi.