Futbolchi yozda MLSga o'tishi mumkin.
Jurnalist Stiven Goff tvitterda Garet Beyl DC Yunayteddan taklif olgani haqida yozdi. Uelslik futbolchi hali faoliyatini davom ettirishga qaror qilgani yo'q.
Beyl Uelsning hal qiluvchi pley-off uchrashuvini kutadi. Jamoa yozda Shotlandiya – Ukraina juftligining eng kuchlilariga qarshi maydonga tushadi. Beylning tanlovi ko'p jihatdan bunga bog'liq.
Amerikaliklar Beylni ligadagi eng ko'p maosh oluvchi futbolchilardan biriga aylantirishga tayyor. Garet yozda "Real"ni tark etishi aniq.