Turintsi futbolchini Di Mariyaga muqobil deb hisoblamoqda.
Turinning “Yuventus” klubi “Shaxtyor” vingeri David Neres xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. 25 yoshli futbolchi keyingi transfer oynasida Italiyaga ko'chib o'tishi mumkin. Bu haqda Janluka Di Marsio yozadi.
Manbaning ta'kidlashicha, braziliyalik futbolchi Nikolo Zaniolo singari Anxel Di Mariya bilan ham raqobatlashishi kerak. Ikkala futbolchi ham turinliklar ro'yxatida.
Qayd etilishicha, "Yuve" uchun ustuvor vazifa - Di Mariyani taklif qilish. Ammo, agar argentinalikning transferi amalga oshmasa, turinliklar Neresga taklif bilan chiqishadi.