Tomonlar allaqachon hamma narsani kelishib olishgan.
"Lill" himoyachisi Sven Botman "Milan"ga o'tadi. Bu haqda nufuzli italyan nashri xabar bermoqda. Botman "rossoneri"ning yozgi ilk futbolchisi bo'ladi. Tomonlar allaqachon hamma narsani kelishib olishgan.
"Milan" Svenni anchadan beri kuzatib kelmoqda. Bu futbolchi shaxsan Paolo Maldini va Stefano Pioliga yoqadi.
2021-yilda Botman “Lill”ga Fransiya chempionati va Fransiya Superkubogini yutishda yordam berdi.