"Benfika"ning urugvaylik iste'dodi Ten Xaagga qiziqish bildirgan.
Britaniya matbuotiga ko'ra, Darvin Nunes "Old Trafford"ni qayta qurishning bir qismi bo'lishi mumkin. Futbolchini yangi bosh murabbiy Erik ten Xaag yuqori baholaydi.
"Atletiko" ham transferga sarmoya kiritishga tayyor. Madrid klubi uchun vaziyat qulay. Nunes yaqinda agent Xorxe Mendes bilan ishlay boshladi. U "Atletiko Madrid" bilan uzoq yillik hamkorlikka ega.
Nunes 80 million yevro atrofida baholanmoqda. Joriy mavsumda hujumchi 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 25 ta gol urdi.