Futbolchi Londonga qaytishi mumkin.
"Yuventus"da ijara asosida o'ynayotgan "Atletiko Madrid" hujumchisi Alvaro Morata jamoasini o'zgartirishga tayyor. Futbolchi Londonning "Arsenal" klubiga o'tishi mumkin.
Futbolchi chempionatni o'zgartirishga va Londonga qaytishga tayyorligini bildirdi. U "Arsenal"ga o'tish haqidagi savolga javob berar ekan, uning imkoniyatlari yaxshi ekanini aytdi. Futbolchi, shuningdek, oila uning har bir qarorini qo'llab-quvvatlashini ta'kidladi.
Alvaro Morata joriy mavsum A Seriyada 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Morata 2017 yildan 2020 yilgacha "Chelsi"da o'ynagan.