“Qizil iblislar” yarim himoyachi bilan shartnoma imzolamoqchi.
"Manchester Yunayted" kelasi yozgi transfer oynasida yarim himoyani kuchaytirish variantlarini qidirmoqda.
Manchester Evening News xabariga ko'ra, "qizil iblislar" "Lids Yunayted" yarim himoyachisi Kalvin Fillips bilan muzokara boshlagan.
Joriy mavsumda Fillips "Lids" safida barcha musobaqalarda 16 ta o'yin o'tkazdi, bitta gol va bitta golli uzatma. U jarohati sabab to'rt oyni o'tkazib yubordi.
Eslatib o'tamiz, Ten Xaag "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkin bo'lgan transferlar ro'yxatini tuzgan edi.