U Erik ten Xaag qo'l ostida o'ynagan.
Ispaniya ommaviy axborot vositalari Frenki de Yongning "Barselona"dan ketishi ehtimoli haqida xabar berishdi. Futbolchi "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkin.
Manbaning qayd etishicha, futbolchi shu tariqa Erik ten Xaag bilan yana birlashishi mumkin. 24 yoshli yarim himoyachi Amsterdamning “Ayaks” klubida mutaxassis qo'l ostida to'p surgan.
De Yong 2019 yilda "Ayaks"dan "Barselona"ga o'tgan edi. Kataloniyaliklar tarkibida La Liganing joriy qur'asida futbolchi 27 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.