Oldinroq futbolchi "Real"ni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich qaymoqli bilan shartnomani uzaytiradi. Buni insayder Fabritsio Romano yozgan.
Manbaning xabar berishicha, klub ham, futbolchi ham hamkorlikni davom ettirmoqchi. Hozir tomonlar yangi shartnoma shartlarini muhokama qilishmoqda. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi.
Modrich joriy mavsumda 37ta o‘yinda maydonga tushib, 11ta gol urgan. Xorvatiyalik yarim himoyachi 3 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.