"Everton" derbiga hozirlik ko'rmoqda.
"Everton" bosh murabbiyi Frenk Lempard "Liverpul"ga qarshi mersisayd derbisi arafasida intervyu berdi. Raqiblar 24 aprel kuni oliy ligada jang o'tkazadi.
“Men durangdan xursand bo'lamanmi? Va o'zingiz, nima deb o'ylaysiz? Tabiiyki. Gap yaqinda "Manchester Yunayted"ni to'rtta gol urib mag'lub etgan jamoa haqida ketmoqda. Bu aql bovar qilmaydigan jamoa. Biz "Liverpul"ga alohida hurmat bilan qarashimiz kerak.
Men “Liverpul” bilan turli darajalarda to‘qnash kelganman va ularni doim hurmat qilganman”, dedi murabbiy.