Goal24.uz » O'zbekiston » OChL. “Nasaf” Qatarning “As-Sadd” klubini ishonchli hisobda yengib, guruh peshqadamiga aylandi. Mozgovoydan dubl

OChL. “Nasaf” Qatarning “As-Sadd” klubini ishonchli hisobda yengib, guruh peshqadamiga aylandi. Mozgovoydan dubl

Автор: admin


Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 5-turi doirasida “Nasaf” 23-aprel, shanba kuni “As-Sadd” bilan bahs yuritdi.

Teng kuchlar ostida o‘tgan birinchi bo‘limda darvozalar daxlsiz qoldi. Ikkinchi 45 daqiqalikda esa tomonlar 4 ta gol urishning uddasidan chiqdi. 63-daqiqada Akmal Mozgovoy Santi Kasorlaning xatosidan unumli foydalanib, hisobni ochdi. 75-daqiqada Husayn Norchayev birga-bir vaziyatda ajoyib harakat qilib, hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. Oradan hech qancha o‘tmay Qatar klubi darvozaboni ham kuchli pressing natijasida xatoga yo‘l qo‘ydi. Xatodan keyin to‘pga ega chiqqan Oybek Bozorov Mozgovoyni qulay vaziyatga olib chiqdi, Akmal esa dublni rasmiylashtirdi — 3:0. Uchrashuvga qo‘shib berilgan daqiqalarda Rodrigo Tabata hisobni qisqartirdi.

Shu tariqa “Nasaf” “As-Sadd” ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi. Jamoalarning 1-davradagi o‘yinida 1:1 hisobidagi durang qayd etilgandi.

OChL
5-tur bahsi
23-aprel, shanba
“Nasaf” — “As-Sadd” 3:1
Gollar: 1:0 — 63 Mozgovoy, 2:0 — 75 Norchayev, 3:0 — 77 Mozgovoy.
107   
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Наверх
Pro liga Super liga Oliy liga O'zbekiston kubigi O'zbekistondagi barcha futbol yangiliklari o'zbekiston futbolidagi eng qaynoq yangliklar Pro liga yanglilari Super liga yangiliklari Oliy liga yangiliklari