Futbolchi Deklan Raysga muqobil sifatida ko'rilmoqda.
Britaniya OAVlari "Manchester Yunayted" "Nottingem Forest" yarim himoyachisi Jeyms Garnerga qiziqish bildirmoqda. Mankunianliklar futbolchini «Vest Hem» yarim himoyachisi Deklan Raysga arzonroq muqobil sifatida ko'rmoqda.
Manbaning qayd etishicha, futbolchining transferi Erik ten Xaag bilan kelishib olinadi. Avvalroq OAVda "Manchester Yunayted" Frenki de Yongga qiziqish bildirayotgani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi.
Garner joriy mavsum chempionatda 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Futbolchining transfer narxi 4 million yevroni tashkil qiladi.