U Jordi Albaning o'rnini bosa oladi.
Kataloniyaning “Barselona” klubi amsterdamlik “Ayaks” himoyachisi Lisandro Martinesni jamoaga taklif etish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Futbolchi himoya markazida ham, qanotda ham o‘ynay oladi, shu tufayli u Xordi Albaga muqobil bo‘la oladi.
Manbaning qayd etishicha, kataloniyaliklar Lisandro Martinesdan tashqari Sezar Aspilikuetani ham taklif qilishlari mumkin. Agar "Barsa" "Chelsi" himoyachisi bilan kelishuvga erisha olmasa, "Ayaks" futbolchisi ko'k-anorranglilar lageriga o'tadi.
Martinesning "Ayaks" bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi. Futbolchining transfer narxi 32 million yevroni tashkil qiladi.