Futbolchi shaxsan Ten Haagni ko'rmoqchi.
"Manchester Yunayted" klubi "Brentford" yarim himoyachisi Kristian Eriksenni sotib olishni ko'rib chiqmoqda. Daniyalik yozda jamoasini o'zgartirishi mumkin.
Manbaning qayd etishicha, futbolchining transferiga klubning yangi bosh murabbiyi Erik ten Xaag qiziqmoqda. Bundan tashqari, avvalroq Eriksen "Tottenxem"ga qaytishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Eriksenning Brentford bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar tuzilgan. Joriy mavsumda futbolchi 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi.