"Shporlar" yozgi xaridlarga tayyorgarlik ko'rmoqda.
"Bavariya" vingeri Serj Gnabri faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. Bu haqda Britaniya matbuoti xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, Gnabri "Tottenxem" qiziqish doirasiga tushib qolgan. Transfer kelasi yozda amalga oshishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, "Bavariya" Gnabri bilan shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmayapti. Uning Rotten bilan shartnomasi 2023 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan.