Forvardga Londonda talab katta.
"Vest Xem" klubi hujumchi Moise Kinga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Britaniya matbuoti xabar bermoqda.
Kin hozirda "Yuventus"da ijara asosida o'ynamoqda. Uning shartnomasi "Everton"ga tegishli.
Manbalarning xabar berishicha, Kinning transferi bilan shaxsan “Vest Xem” bosh murabbiyi Devid Moyes qiziqmoqda. Shotlandiyalik futbolchi Kinning iqtidorining ashaddiy muxlisi va «toffees» forvardi «Vest Xem»ni kuchaytira olishiga ishonadi.