Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Isko uchun La Ligadan yana bir davogar bor

Isko uchun La Ligadan yana bir davogar bor

Автор: admin


Futbolchi "Real"ga kerak emas.

"Real" yarim himoyachisi Isko mavsum oxirida "Betis"ga o'tishi mumkin. Futbolchining transferiga avval ispaniyalik futbolchi bilan "Malaga"da ishlagan Manuel Pellegrini qiziqmoqda.

Qayd etilishicha, “Betis” futbolchiga ikki yillik shartnoma taklif qilgan. 30 yoshli yarim himoyachining "qaymoqranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Poytaxt klubi futbolchi bilan shartnomani uzaytirishga shoshilmayapti.

Isko joriy mavsumda 15 ta o'yin o'tkazdi. Yarim himoyachi ikkita gol urdi. Oldinroq Isko "Sevilya" futbolchisiga aylanishi mumkinligi haqida xabar berilgandi, bundan tashqari, italiyalik "Fiorentina" ham ispaniyalik futbolchiga davogarlardan biri deb atalgandi.
57   
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Наверх
La Liga Ispaniya chempionatidagi so'ngi yangiliklar Barselona haqidagi muhim yangiliklar Real Madrid bomba transferlari haqida Eng so;ngi El klassikolar haqida ma'lumotlar Ispaniya chempionatidagi yangiliklar La Liga klublari Atletiko Madrid Real Madrid Barselona Villareal Ispaniy kubigi Ispaniya kubigi Copa del Rey