Parijliklar kelasi mavsum oldidan tarkibni tozalashga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Nufuzli manba keyingi yil uchun PSJ tarkibidagi global o'zgarishlar haqida yozmoqda. Xususan, Di Mariya, Draksler, Ikardi va Kurzava klubni tark etishi aniq.
«PSJ» tarkibni yoshartirish jarayonini boshlash niyatida. Endi yangi faxriylar bo'lmaydi.
PSJ bu mavsumda Liga 1da yirik hisobda g'alaba qozondi, ammo Chempionlar ligasida yana muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Klub Fransiya kubogi finaliga ham chiqa olmadi.