Evropa chempioni uchun kutilmagan yo'nalish.
Insider Rudi Galettining yozishicha, "Sevilya" Belotti bilan bog'liq vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Klub, albatta, Antoni Marsiyalning ijara muddatini uzaytirmaydi. Ayni paytda markaziy hujumchi klub uchun ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
Belotti shu yozda erkin agentlik bozoriga kiradi. “Inter” hamon futbolchi uchun favorit sanaladi, biroq “Sevilya”ning o'ziga xos kozozlari bor. Moliyaviy jihatdan klub albatta milanliklardan qolishmaydi.
Belotti "Torino"da 2015 yildan beri to'p suradi.