Transfer yozda yakunlanmoqchi.
Turinning “Yuventus” klubi Bilbaoning “Atletik” klubi yarim himoyachisi Iker Munaninga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Nikolo Skila xabar berdi.
Manbaning qayd etishicha, klublar tez orada muzokara stoliga o'tirishadi. Muniain yozgi transfer oynasida klubini o'zgartirishi ta'kidlangan. Muniainning "Atletik" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Transfermarkt portali futbolchining narxini 15 million yevroga baholamoqda. Muniain bu mavsumda basklar uchun 35 o'yinda 6 gol va 11 golga assistentlik qilgan.