Gvardiola ko'p o'ylashi kerak.
Himoyachilar Kayl Uoker va Jon Stounz Chempionlar ligasi 1/2 finalida "Real"ga qarshi o'yinda "Manchester Siti"ga yordam bera olmaydi. Bu haqda Britaniya OAVlari xabar bermoqda.
Stounz va Uoker sog'lig'i tufayli jamoa bilan mashg'ulot o'tkazmayapti.
"Siti" va "Real Madrid" o'rtasidagi 1-tur uchrashuvi ertaga oqshom "Etihad" stadionida bo'lib o'tadi. Boshlanish hushtagi Toshkent vaqti bilan 00:00 da yangraydi.