Raqiblar CHempionlar ligasidagi ilk yarim final o'yiniga tayyor.
"Manchester Siti" va "Real Madrid" klublari murabbiylar shtabi bo'lajak qarama-qarshilik uchun asosiy tarkibni aniqlashdi. Ushbu o'yin bugun tunda Chempionlar ligasi yarim finali doirasida bo'lib o'tadi.
Manchester Siti: Ederson, Dias, Laport, Stounz, Zinchenko, De Bryuyne, Rodri, B. Silva, Mahrez, Xesus, Foden.
"Real Madrid": Kurtua, Mendi, Alaba, Militao, Karvaxal, Modrich, Kroos, Valverde, Vinisius, Benzema, Rodrigo.
Oldingi bosqichda «Siti» va «Real» mos ravishda «Atletiko» va «Chelsi»ni ortda qoldirdi.
O'yin Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.