Goal24.uz » O'zbekiston » OChL. “Paxtakor” musobaqadagi so‘nggi o‘yinida 5 ta gol urib, o‘z darvozasidan 4 ta to‘p o‘tkazib yubordi

OChL. “Paxtakor” musobaqadagi so‘nggi o‘yinida 5 ta gol urib, o‘z darvozasidan 4 ta to‘p o‘tkazib yubordi

Автор: admin


Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 6-turida “Paxtakor” 26-aprel, seshanba kuni “At-Ta’vun”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvda hisob 14-daqiqada ochildi: Yazid Bakir qanotdan oshirilgan to‘pni to‘xtatmasdan darvozaga yo‘llab, super gol muallifiga aylandi. Abbos Fayzullayev oradan 10 daqiqa o‘tib, muvozanatni tikladi. Shundan so‘ng “Paxtakor” ketma-ket yana ikkita gol urishning uddasidan chiqdi. Gollarga Aziz Turg‘unboyev va Sardor Sobirxo‘jayev mualliflik qildi. Biroq saudiyaliklar ham shundan so‘ng 2 ta gol urib, hisobni tenglashtirdi — 3:3.
78-daqiqaga kelib, Mirjahon Mirahmadov yana “sherlar”ni oldinga olib chiqdi. 83-daqiqada xitoylik hakam toshkentliklar darvozasiga penalti belgiladi, 11 metrlik jarima zarbasidan Hassan Alamri unumli foydalandi, hisob yana tenglashdi. Oradan 3 daqiqa o‘tib esa “Paxtakor” g‘alaba golini urishning uddasidan chiqdi. Ushbu vaziyatda Abbos Ergashboyev burchakdan uzatilgan to‘pni boshi bilan darvozaga yo‘lladi — 5:4.
Shu tariqa “Paxtakor” OChL guruh bosqichidagi so‘nggi o‘yinini g‘alaba bilan yakunladi. Tomonlarning birinchi davradagi o‘yinida ham o‘zbek klubining qo‘li baland kelgandi.

Ma’lumot uchun, “Paxtakor” musobaqani 6 ochko bilan yakunlab, D guruhida oxirgi o‘rinni egalladi. Slavche Voyneski jamoasi o‘tkazilgan 6 o‘yinning 4 tasida mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa, 2 tasida g‘alaba qozondi.
OChL
6-tur bahsi
26-aprel, seshanba

“Paxtakor” O‘zbekiston — “At-Ta’vun” Saudiya Arabistoni 5:4

Gollar: 0:1 — 14 Yazid, 1:1 — 24 Fayzullayev, 2:1 — 31 Turg‘unboyev, 3:1 — 33 Sobirxo‘jayev, 3:2 — 51 Alnabit, 3:3 — 60 Alnabit, 4:3 — 78 Mirahmadov, 4:4 — 83 Alamri, 5:4 — 86 Ergashboyev.
“Paxtakor”: 35.Quvvatov, 3.Alijonov, 88.Azmiddinov, 21.Hajiyev, 34.Sayfiyev, 6.Aliboyev, 27.Sobirxo‘jayev, 42.Fayzullayev, 8.Erkinov, 77.Mirahmadov.
Zaxira: 33.Suyunov, 11.Rashidov, 14.Sharkich. 16.Roziyev, 28.Xolmatov, 29.Yoqubov, 32.Asqarov, 36.Ergashboyev, 46.Jabborov, 63.O‘rinboyev.
“At-Ta’vun”: Albakr, Kana, Tariq Muhammad, Sumayhan Alnabit, Muataz Albagavi, Kristian Luindama, Hassan Havsavi, Mustafo Abdella, Hassan Alamri, Rayan Musa, Navaf Alsubhi.
Zaxira: Zulayfi, Fahad Rashidi, Aloyayri, Navaf Sufyon, Faysal Mutairi, Rayan Jahoniy, Rakan Tulayhi, Holid Muntashiri, Basil Mehaves.
87   
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Наверх
Pro liga Super liga Oliy liga O'zbekiston kubigi O'zbekistondagi barcha futbol yangiliklari o'zbekiston futbolidagi eng qaynoq yangliklar Pro liga yanglilari Super liga yangiliklari Oliy liga yangiliklari