"Real"ning hujumkor yarim himoyachisi Isko faoliyatini "Betis"da davom ettiradi. Bu haqda ispan matbuoti xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, Isko allaqachon "bodringlar" bilan kelishib bo'lgan. U 2+1 sxema bo'yicha mehnat shartnomasi tuzadi. Bitimning moliyaviy tafsilotlari hozircha oshkor etilmagan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq "Real Madrid" Iskoni yangilamaslikka qaror qilgan edi. Yozda futbolchi erkin agent sifatida "Betis"ga o'tadi.