"Qizil-ko'klar"ga "Barselona" futbolchisi kerak.
"PSJ" "Barselona" yarim himoyachisi Frank de Yongga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda FootMercato resursi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, «PSJ» kelasi yozda De Yongga qo'ng'iroq qiladi. Agar katta miqdorda tovon puli taklif qilinsa, "Barsa" De Yong bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyorligi haqida avvalroq xabar bergan edik.
Qo'shimcha qilamizki, "PSJ" bir necha yil oldin Frenkini sotib olishga urinib ko'rdi, ammo keyin De Yong "Barselona"ga o'tishni tanladi.