Goal24.uz » O'zbekiston » OChL. “Nasaf” Iordaniya klubi bilan durang qayd etib, o‘z tarixida ilk bor pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

OChL. “Nasaf” Iordaniya klubi bilan durang qayd etib, o‘z tarixida ilk bor pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Автор: admin


Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 6-turida “Nasaf” 27-aprel, chorshanba kuni “Al-Vihdat”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 3-daqiqasida Marko Stanoyevich hisobni ochdi. 34-daqiqada “Al-Vihdat” vakillari muvozanatni tikladi: Holid Assamning chap qanotdan oshirib bergan to‘pini Muhammad Anas boshi bilan darvoza to‘riga kiritdi. 59-daqiqada Husayn Norchayev qarshiliklarni yana oldinga olib chiqdi. 82-daqiqada Muhannad Abu Taha hisobni tenglashtirdi.

Shu tariqa “Nasaf” OChL guruh bosqichidagi so‘nggi o‘yinini durang bilan yakunladi. Tomonlarning birinchi davradagi o‘yinida o‘zbek klubining qo‘li baland kelgandi.

“Nasaf” 9 ochko jamg‘argan holda E guruhida 2-o‘rinni egalladi. Qarshliklarning ushbu natijasi pley-off bosqichiga yo‘llanma beradigan eng yaxshi ikkinchi o‘rinlar qatoridan joy olish uchun yetarli bo‘ldi.
OChL

6-tur bahsi

27-aprel, chorshanba

“Al-Vihdat” Iordaniya — “Nasaf” O‘zbekiston 2:2


Gollar: 1:0 — 3 Stanoyevich, 1:1 — 34 Muhammad Anas, 1:2 — 59 Norchayev, 2:2 — 82 Abu Taha.
“Al-Vihdat”: 1. Ahmad Navvas, 2. Muhammad Ali Buhashesh, 4. Muhammad Aldmeri, 7. Munter Umar (6. Muhannad Mahmud 75), 16. Feras Shilbaya, 18. Tariq Hattab, 90. Ahmad Samir, 10. Ahmad Navaf (5. Ahmad Toir) 75, 8.Holid Assam (15.Anas Hamad 60), 20. Klarens, 21. Muhammad Anas.

“Nasaf”: 35. Abduvohid Ne’matov, 4. Husniddin Aliqulov, 92. Umarbek Eshmurodov, 7.Sharof Muhitdinov, 8. Dilshod Saitov, 18. Bahrom Abdurahimov (6. Murodbek Rahmatov 90+1), 22. Akmal Mozgovoy, 77. Oybek Bozorov, 88. Marko Stanoyevich, 9. Ivan Solovyov (17. Suhrob Nurulloyev 63), 10. Husayn Norchayev (99. Semir Smaylagich 63).
Ogohlantirishlar: Feras Shilbaya (10), Klarens (43).
121   
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Наверх
Pro liga Super liga Oliy liga O'zbekiston kubigi O'zbekistondagi barcha futbol yangiliklari o'zbekiston futbolidagi eng qaynoq yangliklar Pro liga yanglilari Super liga yangiliklari Oliy liga yangiliklari