Bu turnirning hal qiluvchi bosqichiga tegishli.
UEFA Chempionlar ligasining yarim finali o‘rnini “To‘rtlik finali” deb ataluvchi o‘yin bilan almashtirmoqchi. Bu haqda britaniyalik jurnalistlar xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, “To‘rtlik final” bir hafta ichida bir shaharda o‘tkaziladi. Shunga o'xshash sxema Evropa basketbolida va NCAA basketbolida (AQShdagi kollej basketbolida) qo'llaniladi.
CHempionlar ligasida “To'rtlik finali”ni joriy etish masalasi muhokama qilinayotganini qo'shimcha qilish kerak. Hozircha qaror qabul qilinmagan.