Dunyodagi eng mashhur agentlardan biri.
Mashhur futbol agenti Mino Rayola olamdan o'tdi. Bu haqda ispan matbuoti xabar bermoqda. Rayola 54 yoshida vafot etdi.
Manbaga ko‘ra, so‘nggi paytlarda Mino sog‘lig‘ida jiddiy muammolarga duch kelgan. Rayolaning o'zi hammasini inkor qildi. Qishda u Milandagi shifoxonalardan biriga borishga majbur bo'ldi.
Mino Rayola futbol olamida jiddiy maqomga ega edi, u ko'plab yulduz futbolchilarni boshqargan. Uning mijozlari orasida Janluidji Donnarumma, Erling Xoland, Zlatan Ibrahimovich, Matteys de Ligt, Pol Pogba va boshqa futbolchilar bor edi.