Juda g'alati holat.
Mino Rayolaning yordamchisi taniqli futbol agenti 54 yoshida vafot etgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
“Men psevdojurnalistlarning qo'ng'iroqlaridan g'azabdaman. Ular hozir omon qolish uchun kurashayotgan odamning hayoti haqida taxmin qilmoqdalar”, - deydi Xose Fortes Rodriges.
Malumki, Rayola zamonamizning eng nufuzli agentlaridan biridir. Uning mijozlari ro'yxatidan Xoland, Ibrahimovich, Donnarumma, Pogba kabi futbolchilar va boshqa yulduzlar bor.
Rayola so'nggi oylarda og'ir xastalik bilan kurashib, Italiyada davolanayotgani haqida mish-mishlar tarqaldi. Hozir u reanimatsiyada ekani aytilmoqda.