"Manchester Siti" "Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yongni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Bu haqda Fichajes xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, ushbu transferga shaxsan Xosep Gvardiola qiziqmoqda. Ispaniyalik futbolchi Frenkini yozda jamoani tark etadigan Fernandinyoga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. Avvalroq futbolchiga "Manchester Yunayted" ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
24 yoshli De Yong 2019 yilda Amsterdamning “Ayaks” klubidan ispan jamoasiga kelib qo‘shilgan edi. Joriy mavsumda gollandiyalik yarim himoyachi 43 ta o'yinda 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.