Qizillar muxlislari uchun ajoyib yangilik.
"Liverpul" bosh murabbiy Yurgen Klopp bilan shartnomani uzaytirish haqida rasman e'lon qildi. Kelishuv tafsilotlari oshkor etilmagan.
Norasmiy ma'lumotlarga ko'ra, Klopp shartnomasini 2026 yilgacha uzaytirgan. Oldingi shartnoma 2024 yilda yakuniga etgan.
"Liverpul" rahbariyati jamoaning so'nggi natijalarini inobatga olgan holda Klopp bilan muzokaralarni tezlashtirishga qaror qildi. Ma’lumki, “Liverpul”da to‘rtta sovrinni ham qo‘lga kiritish uchun real imkoniyat bor. "Qizillar" allaqachon Liga kubogini qo'lga kiritishgan.