Muhammad De Bryuynedan oldinda edi.
“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh futbol yozuvchilar uyushmasi tomonidan Angliyada yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Muhammad Saloh 48 foiz ovoz olib, belgiyalik “Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne hamda “Vest Hem” hamda Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Deklan Raysni ortda qoldirdi.
Saloh ikkinchi marta ushbu sovrinni qo'lga kiritdi, birinchi marta 2018 yilda shunday muvaffaqiyatga erishdi.